Yangiliklar

img
Mon, 12/05/2022 - 21:08

Turkiy dunyoda ayollarning o‘rni

Turkiyaning nufuzli Bursa Ulugdag universitetida 5—7-dekabr kunlari "Turkiy dunyoda ayol bo‘lish"  mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.  
Ushbu konferensiyada dunyodagi barcha turkiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, inson huquqlarini muhofaza qiluvchi idoralar vakillari faol ishtirok etishmoqda.  Konferensiya ishida turkiy xalqlar davlatchiligida ayollarning o‘rni, ilm-fan, madaniyat sohalarida ularning roli haqida so‘z yuritiladi. Anjuman davomida turkiy xalqlarda tarixan shakllanib kelgan an'analar, ayollarning oila va jamiyatdagi roli,  bugungi kunda ularning davlat va ijtimoiy hayotdagi o‘rni haqidagi muhim fikrlar o‘rtaga tashlanadi, mavjud muammolar muhokama qilinib,  takliflar tinglanadi. 
Bu muhim va dolzarb konferensiyada universitetimiz olimlari, filologiya fanlari doktorlari Sulton Normamatov,  Marg‘uba Abdullayeva, Gulnoza Jo‘rayeva,  Ona tili va adabiyot ta'limi fakulteti talabasi O‘. Xushvaqtovalar faol ishtirok etishmoqda.  Vakillarimiz O‘zbekiston qonunchiligida ayollarning huquqlari,  milliy davlatchiligimiz, madaniyat va san'atimiz tarixida muhim o‘rin tutgan nozik xilqat vakillari xususida ma'ruza qiladilar . 
Butun dunyoda ayollar huquqlarini himoya qilish,  ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish bo‘yicha turli loyihalar amalga oshiriladi.  BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarida ham alohida bo‘lim mazkur masalaga bag‘ishlangandir.