Yangiliklar

img
Sun, 01/29/2023 - 22:25

Talabalar turar joylari kompleks o‘rganildi

Kuni kecha universitet rahbariyati tomonidan talabalar turar joylari kompleks o'rganildi, talabalarga yaratilgan sharoitlar  ko'zdan kechirildi, imkoniyati cheklangan talabalar holidan xabar olindi.  TTJdagi issiqlik tizimlari, maishiy texnikalar, energiya tizimlari muammosiz  ishlashini  nazorat qilish, muammo tug'ilganda uni tezkorlik bilan hal etish bo'yicha topshiriqlar berildi. Ayniqsa, talabalarning darsdan bo'sh vaqtlarini samarali o'tkazishlari va yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy voqealardan xabardor bo'lib borishlarini ta'minlash uchun davriy nashrlarga obuna bo'lish, TTJ darsxonasiga kunlik va haftalik gazetalarni muntazam ulashish, yoshlar uchun qulay ijodiy muhit yaratish zarurligi ta'kidlandi. "Universitet talabaga faqat bilim berish bilan cheklanib qolmasdan, u o'z qobiliyatlarini rivojlantirishi uchun imkoniyat ham berishi kerak", deya qayd etdi universitet rektori Shuhrat Sirojiddinov.
Rektor bilan suhbat chog'ida talabalar yaratilgan sharoit va e'tibor uchun universitet jamoasiga minnatdorlik bildirdilar.