Yangiliklar

img
Thu, 11/24/2022 - 19:19

Shevam — ona tilim, onam tili

2022-yil 24-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi o‘qituvchi va tadqiqotchilari Mardon Rahmatov, Anvar Turdialiyevlar hamda Elyor Alimardanovlar  “Shevam - ona tilim, onam tili” mavzusida mahorat darsi o‘tkazdilar. Bu mashg‘ulot 1-TTJda bo‘lib o‘tdi.  Unda universitetning birinchi va ikkinchi kurs talabalari ishtirok etishdi. 
O‘zbek shevalari ochilmagan qo‘riqdir.  Ular shunchalik xilma-xil va noyobki, to‘liq tadqiq qilinmagan.  Aslida shevalar xalqimizning ijtimoiy hayotini, boy madaniyati va tarixini o‘zida aks ettiradigan belgi sanaladi.  
Bugungi mahorat darsida o‘zbek shevalarining  xususiyatlari, o‘ziga xos jozibasi, leksik, grammatik jihatlari haqida so‘z yuritildi.