Yangiliklar

img
Mon, 03/27/2023 - 14:30

Professor-o'qituvchilar diqqatiga!

Turkiyaning Ushak universitetida 2023-yil 29-maydan 2-iyungacha “Taʼlim va tadqiqot hamkorliklarida sifat kafolati” mavzusida  4-Xalqaro kasbiy haftalik bo'lib o'tadi.
Ilmiy ish samaradorligi, sifatni nazorat qilishda ijtimoiy faollik masalalari ushbu haftalikning kun tartibidagi asosiy mavzulardir.  Inklyuziv bo'lgan yuqori sifatli ta'limni saqlab qolish uchun kuchli sifat kafolati mexanizmlarini yaratish juda zarur.
Ishtirokchilar Ushak universiteti almashinuv dasturlari va boshqa xalqaro tadbirlar haqida ko'proq ma'lumot olish, shuningdek, agar xohlasalar, shu jarayonga mas'ul xodimlar bilan uchrashish imkoniga ega bo'ladilar. 5 kunlik dastur xodimlarni o'qitish va malaka oshirish tadbirlarini (faqat Erasmus mablag'idan foydalanadiganlar uchun), taqdimotlar va tadbirlarni o'z ichiga oladi. 
Ijtimoiy tadbirlar orasida turk madaniyati taqdimoti, musiqa shousi, folklor raqslari shousi, Ushak shahar muzeyiga tashrif, Blaundus va Usak Kanyoniga sayohat ham mavjud. Bundan tashqari, Efesga (Izmir) bir kunlik sayohat rejalashtirilgan. 

Ishtirok etish to‘lovlari olinmaydi.

5 ta tushlik, 3 ta kechki ovqat, barcha kofe-breyklar, ijtimoiy tadbirlar va Efesga bir kunlik sayohat bepul bo'ladi.

Elektron shaklni to'ldirish orqali ro'yxatdan o'ting. Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati - 2023-yil 7-aprel. Siz taklifnomangizni ikki hafta ichida olasiz.

https://forms.gle/NhPhwLF9LNgVb39w5

Eslatma: Ishtirokchilar o'zlarining sayohatlari va turar joylari bilan bog'liq xarajatlarni qoplash uchun javobgar bo'ladilar.

Savollar bo'yicha  tuba.arjumend@usak.edu.tr va erasmus@usak.edu.tr manzillari orqali bog'lanishingiz mumkin.

Kun tartibi bilan tanishing!