Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi

img

Xurramov Maruf Narzullo o'g'li

Tug‘ilgan sanasi: 

Millati: o'zbek

E-mail: mxurramov17@gmail.com

Kontakt: +998 71 281 44 86 

Qabul kunlari: Dushanba - Shanba

09:00 dan 18:00 gacha

 

MA'LUMOT

  • Bo‘lim xodimlari Universitet rahbariyati tomonidan beriladigan topshiriq va vazifalarni o‘z vaqtida muntazam bajarib boradi;
  • Bo‘lim xodimlari o‘z faoliyatida qonunchilikka qat’iy rioya qiladi;
  • Kadrlar tayyorlash jarayonida buyurtmachilarning kadrlar sifatiga doir talablarini Oliy ta’lim muassasasi kengashida muhokama qiladi;
  • Bitiruvchi talabalar amaliyotini keyinchalik ishga joylashishi mumkin bo‘lgan korxona va tashkilotlarda tashkil etishga ko‘maklashadi.

Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi

Universitetda tayyorlanayotgan kadrlarning asosiy buyurtmachilari bo‘lgan vazirlik, idora, hokimiyat, muassasa, korxona va tashkilotlarga yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlarini (bo‘sh ish o‘rinlarini) o‘rganish va universitetda bitiruvchilar uchun “Karyera kuni” axborot-tanishtiruv tadbiri va mehnat yarmarkalarini tashkil etish. 
Vazifalari:

  • Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarga talab va takliflar nisbatini o‘z ichiga olgan holda ta’lim xizmatlari iste’molchilari (ish beruvchi korxonalar, turli mulkchilik shakliga ega bo‘lgan tashkilotlar –  davlat va mahalliy boshqaruv organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari va h.k.) tuzilmasini baholash, geografik joylashishini aniqlash va guruhlash, potensial imkoniyatlarini tashxis qilish orqali to‘liq ma’lumotlar bankini yaratish;
  • Tayyorlanayotgan kadrlar sifatini oshirishga taalluqli dolzarb masalalarni oliy ta’lim muassasasining Kengashlarida muhokamaga qo‘yish uchun kiritish, bu borada Oliy ta’lim muassasasining tegishli bo‘limlari bilan hamkorlik qilish;
  • Oliy ta’lim tizimida marketing xizmati jarayonlarining tez o‘zgaruvchanligi va mehnat bozori rivojlanish dinamikasi bilan o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda potensial ish beruvchilar (iste’molchilar), bilan hamkorlikda respublika  iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarining oliy ma’lumotli yosh mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini hududlar bo‘yicha o‘rganish;
  • Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarning joriy va istiqbolli rivojlanish dasturlarining talab-ehtiyojlari asosida, birinchi navbatda, yuqori va innovatsion texnologiyalar sohasida yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar  ishlab chiqish;
  • Mutaxassis kadrlar tayyorlashda manfaatdor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik va aloqa o‘rnatish, jumladan, korxona, tashkilot yoki muassasa ma’muriyatining tayyorlanayotgan kadrlar sifati va salohiyati to‘g‘risidagi fikrlarini o‘rganib borish;
  • Oliy ta'lim tizimida kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va ta’lim xizmatlari bozori borasidagi boshqaruv qarorlarini tayyrorlash, qabul qilish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarida ishtirok etadi. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • Kadrlar tayyorlash jarayonida buyurtmachilarning kadrlar sifatiga doir talablarini Oliy ta’lim muassasasi kengashida muhokama qilish;
  • Bitiruvchi talabalar amaliyotini keyinchalik ishga joylashishi mumkin bo‘lgan korxona va tashkilotlarda tashkil etishga ko‘maklashish.

Huquq va majburiyatlari:

  • Bo‘lim faoliyati bevosita universitet rektori nazoratida bo‘ladi;
  • Bo‘lim o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha universitetning Ilmiy Kengashida har joriy yilda kamida bir marta hisobot beradi;
  • Bo‘lim o‘z faoliyati to‘g‘risida vazirlikning tegishli boshqarmalarini doimiy habardor qiladi hamda vazirlik tomonidan yo‘llangan tegishli yo‘riq va ko‘rsatmalarni bajaradi;
  • Bo‘lim faoliyati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi va o‘rnatilgan tartibda nazorat qilinadi.