Yangiliklar

img
Wed, 12/07/2022 - 18:15

Jaholatga qarshi ma'rifat

7-dekabr kuni universitetimizda "Jaholatga qarshi ma'rifat" shiori ostida davra suhbati uyushtirildi. Davra suhbatida Yakkasaroy tumani Rakatboshi jome masjidi imom xatibi Asrorov Kozimjon domla, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi  huzuridagi Din ishlari qo'mitasi vakili Zokir Mardonov, Yakkasaroy tumani Terrorizmga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i o'rinbosari Abduvahobov Abdusattor ishtirok etdi. Ma'ruzachilar o'z  nutqida mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik hamda hamjihatlik yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning mustahkam asosi bo‘lib xizmat qilyotganini ta'kidladilar.