Yangiliklar

img
Thu, 11/24/2022 - 17:35

Ijodkor bilan ijodiy suhbat

Toshkent davlat oʼzbek tili va adabiyoti universitetida 2022-yil 23-noyabrda 1-sonli Talabalar turar joyida Oʼzbek tili taʼlimi fakulteti tashabbusi bilan Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Oʼzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi aʼzosi, adabiyot sohasidagi Usmon Nosir mukofoti laureati, “Oltin Qalam” Milliy mukofoti sovrindori, filologiya fanlari nomzodi, dotsent To'lqin Eshbek bilan davra suhbati boʼlib oʼtdi. 
 Davra suhbati samimiy tarzda, qiziqarli savol-javoblarga boy holda oʼtdi. Oʼzbek tili taʼlimi, Ijtimoiy-gumanitar fanlar va kompyuter texnologiyalari fakultetlari talabalari Toʼlqin Eshbekning “Jigarbandlar”, “Shabada esgan kun”, “Qishloqlik bola qissasi”, “Jaydari hangomalar” , “Аdashgan qiz qismati” , “Hayot karvonlari” kabi asarlari xususida oʼz fikrlarini bildirib, asarlar borasida oʼz taasssurotlarini bildirishdi. 


 Аdib talabalar bilan qiziqarli viktorina oʼtkazib, uning gʼoliblariga oʼzining “Oʼzbekning yomoni boʼlmaydi” kitobini sovgʼa qildi. Talabalar boʼlib oʼtgan qiziqarli uchrashuv uchun Toʼlqin Eshbekga minnatdorlik bildirib, u bilan yana ham kengroq doirada uchrashuvlar oʼtkazishga istak bildirishdi.