Yangiliklar

img
Sun, 01/29/2023 - 21:28

Ezgu an'analarimiz bardavom bo‘lsin

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent  davlat  o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rahbariyati tashabbusi bilan talabalar va xodimlar uchun ehson dasturxoni yozildi.  
Odatdagidan uzoqroq davom etgan qishki ta'til,  anomal sovuqdan so‘ng TTJlarda istiqomat qiluvchi talabalar,  universitetimizning ustoz va xodimlariga palov ulashildi. Doshqozonlarda damlangan oshning ta'mi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Ko‘pchilikka atalgan taomda baraka bo‘ladi, mazasi ham ham bo‘lakcha chiqadi, deyishlari rost. 
Ezgu maqsadlar ijobatini so‘rab duoga qo‘l ochildi. Butun universitet jamoasi yakdillikda xizmat qilib, osh suzilgan idishlarni o‘z egalariga tarqatishdi.
Bunday tadbirlarni tashkil etish universitetimizda yaxshi an'anaga. aylangan.  Rahbariyat tomonidan tashkil etiladigan shu kabi xayrli tadbirlar talabalar uchun ham, pedagogik jamoa uchun ham birdek yoqimli.  
Bunday g‘amxo‘rlik va e'tibordan talabalarning ham boshi ko‘kka yetdi.