Yangiliklar

img
Thu, 09/22/2022 - 13:59

Ekologik madaniyatni oshirish — burchimiz

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dunyodagi global ekologik muammolarni bartaraf etish va tabiatni asrash uchun hamisha amaliy ishlarni olib boradi. Milliy o‘ziga xos va global qamrovga ega muassasa sifatida barqarorlik bizning mas'uliyatimiz va qadriyatlarimizning asosidir.  Biz BMT Barqaror Taraqqiyot Maqsadlariga (SDGs) erishishni qo‘llab-quvvatlaymiz va faoliyatimizni yanada kengaytirish uchun ushbu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirish tarafdorimiz. Shundan kelib chiqqan holda  ToshDO‘TAU talabalari va xodimlari yashaydigan, ishlaydigan va piyoda sayr qiladigan joylarimizda har kuni yuzaga kelayotgan ekologik muammolardan xabardorlikni oshirish uchun muloqot tashkil etildi. Ushbu muloqot amaliy uchrashuv ko‘rinishida bo‘ldi. Ma'ruzachi va uchrashuv treneri Said Isaev, eko-faol, O'zbekistonda birinchi bo'lib plastmassadan dizaynerlik mahsulotlari qayta ishlashni boshlagan ijodkordir.  U shuningdek, Toshkentdagi qayta ishlash ta’limiga ham e’tibor qaratib kelmoqda.


Har bir talaba kun davomida atrof-muhitni asrash bo‘yicha o‘z olfiga vazifalar belgilab olishi va kun yakunigacha shu ishlarni albatta bajarishi lozim. Aytaylik, plastik qadoqdagi salqin ichimliklardan qolgan idishlarni qayta ishlash yoki shunchaki chiqindilarni saralash orqali ham tabiatni asrashga hissa qo‘shish mumkin. Plastik qadoqlar va oziq-ovqat chiqindilarini aralashtirmaslik, qog‘oz chiqindilarni shisha chiqindilarga qo‘shmaslik yohud suv havzalariga axlat uloqtirmaslik...

Bu amaliy mashg‘ulot har birimizga befarq bo‘lmaslikni va kelajak avlodga abgor atrof-muhitni qoldirmaslik burchimiz ekanligini yana bir bor o‘rgatdi.