Yangiliklar

img
Fri, 01/27/2023 - 23:18

Dolzarb mavzuda muhim ma'ruza

2023-yil 27-yanvar kuni O‘zR Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Jumashov “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tish muammolari hamda uning yechimlari va takomillashtirish masalalari” mavzusida ma’ruza o‘qidi.
Ma’lumki, O’zbekistonda hukumat qarori bilan 2023-yil 1-yanvardan boshlab barcha tashkilotlarda lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga to‘liq o’tilishi ko’zda tutilgan.
Bundan tashqari, markaziy, mahalliy bosma va elektron OAV, internet saytlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyati to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘tkaziladi.