Yangiliklar

img
Fri, 09/23/2022 - 16:17

Chet tili o'qitishda mediatsiya

Bugun,  23-sentabr kuni ToshDO‘TAUda Nijniy Novgorod davlat lingvistika universiteti o‘quv va kasbga yo‘naltirish bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ivanova Rimma Anvarovna tomonidan mahorat darsi tashkil etildi. 
Mashg‘ulot mavzusi — "Chet tili o‘qitishda mediatsiya".  Mehmon ushbu mavzuda eng yangi ilmiy tadqiqotlar va natijalar haqida ma'lumot berdi.  Jumladan,  chet tilini o‘qitishda vositachi tilning roli va ahamiyati haqida so‘z yuritdi. 
Vositachi til yordamida xorijiy tilni o‘rgatishning metodikasi, afzalliklari qatorida o‘rganuvchining yangi til xususiyatlariga moslashishi, taqqoslash orqali yangi bilimlar oson o‘zlashtirilishi borasida fikr yuritdi.  Polilingvistik ta'lim ko‘p jihatdan murakkab jarayondir.  Ayniqsa, til o‘rganuvchi guruh tarkibida vositachi tilning turlicha bo‘lish ehtimoli yuqori.  


Umuman olganda, zamonaviy dunyoda metodika yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.  Murakkab masalalarni osonlashtirish borasida metodist olimlar ko‘p va xo‘b izlanishlari zarur. 
Bu mahorat darsi ToshDO‘TAU pedagoglari uchun juda qiziq va foydali bo‘ldi.