Yangiliklar

img
Wed, 12/07/2022 - 12:20

Abay va O‘rta Osiyo donishmandlari falsafasi

2022-yilning 7-dekabr kuni  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida “Abay va O‘rta Osiyo donishmandlari falsafasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy – amaliy seminar bo'lib o'tdi.  Mazkur seminar O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,  O‘zbekiston Qozoq milliy madaniy markazi, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti bilan hamkorlikda o'tkazildi. Ma'ruzachilar o'z nutqlarida  Abay ma’rifati, uning “Kitobi tasdiq” asari, sharq adabiyotida va umuman turkiy poeziyada tutgan o'rni haqida qimmatli ma'lumotlarni bayon qildilar. 


Abay uch manbadan oziq olib, maʼnaviy kamolotga yetdi: bular qozoq xalq og‘zaki ijodiyoti, sharq sheʼriyati va nihoyat rus, ovro‘po adabiyoti namunalari. Bu uch manba Abayni buyuk shoir etib yetishtirdi, olamga tanitdi. Asarlarini ellarga manzur kildi. Abayning nasriy asarlari, sheʼru dostonlari o‘zbek, tatar, qirg‘iz, qoraqalpoq, turk, mo‘g‘ul, xitoy tillariga tarjima kilingan va mazkur xalqlarning maʼnaviy mulkiga aylanib qolgan.