Yangiliklar

img
Tue, 12/06/2022 - 21:02

Abay ijodi haqida

2022-yilning 6-dekabr kuni  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida atoqli qozoq adibi Abay ijodiga bag‘ishlangan ilmiy anjuman bo'lib o'tdi.  Mazkur anjuman O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,  O‘zbekiston Qozoq milliy madaniy markazi bilan hamkorlikda o'tkazildi. Ma'ruzachilar o'z nutqlarida  Abay ma’rifati, uning “Kitobi tasdiq” asari, sharq adabiyotida va umuman turkiy poeziyada tutgan o'rni haqida qimmatli ma'lumotlarni bayon qildilar. 


Abay  – XIX asrning ikkinchi yarmida yashab, ijod etgan qozoq sheʼriyatining mashʼali, bastakor, faylasuf va qozoq yozma adabiyotini asoschisi, maʼrifatparvar shoiridir. Abay ijodining muhim qirralaridan biri – yosh shoirlarni tarbiyalash boʻldi. Yoshlarga homiylik qildi. Ularga mavzular berib, dostonlar yozdirdi.  Abaydan 300 ga yaqin sheʼriy asar, “Iskandar”, “Masʼud”, “Azim hikoyasi”, “Vadim” kabi dostonlar yetib kelgan. Uning asarlaridan xalqni ilm-maʼrifatga, insoniylikka, halollikka, sevgi-sadoqatga, muhabbatga daʼvat etish gʻoyalari asosiy oʻrin egallagan.